Turkiya Italiyadan rasmiy ravishda kechirim so‘rashni talab qilyapti
Olam
−
11 aprel 2021
8246Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an haqida gapirgandan so‘ng, Turkiya Italiyaning Leonardo kompaniyasidan o‘quv vertolyotlarini sotib olish bo‘yicha 70 million yevrolik shartnomani to‘xtatdi. Bu haqda "la Repubblica" xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Turkiya rasmiylari Hukumatdan rasmiy ravishda kechirim so‘rashni talab qilmoqda.
"Rimdan javob kelguncha, Turkiya Hukumati tahdid qiluvchi signallarni uzatishni boshladi", deyilgan bayonotda.
Avvalroq, Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Yevropa Komissiyasi rahbari Ursule fon der Lyayenning o‘rindig‘i bilan bog‘liq vaziyatdan keyin Turkiya rahbari Erdo‘g‘anni tanqid qilgan edi. Dragi, shuningdek, Erdo‘g‘anni diktator deb atagandi.
So‘ng, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anni diktator deb atagan Italiya Bosh vaziri Mario Dragining so‘zlariga javob qaytargandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar