Italiyadagi 300 ta maktabga bomba tahdidi yuborildi

Olam

−

image

Italiyada elektron poçta orqali yuborilgan bomba tahdidi sabab kamida 300 ta maktab öquvçilari xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun, 11 noyabr kuni Italiyaning turli hududlaridagi maktablarga bir xil mazmundagi bomba tahdidi yuborilgan. Şundan söng, ta’lim muassasalarida xavfsizlik çoralari körilib, öquvçilar binolardan olib çiqilgan.

Maorif vaziri Juzeppe Valditara “La7” telekanaliga bergan intervyusida tahdidlar soxta bölişi mumkinligini aytgan. Şuningdek, u bunday xabar kelib tuşgan maktablar soni yana ortişi mumkinligini bildirgan.

Rimdagi maktablardan biri ota-onalarga messenjer orqali yuborgan xabarda barça öquvçilar xavfsiz hududga olib çiqilgani va pedagoglar nazoratida ekanini ma’lum qilgan.

Valditaraning ta’kidlaşiça, tahdid yuborilgan maktablar sonining köpligi xabarning işonçliligi pastligini körsatadi.

“Reuters” agentligi tanişgan elektron maktub nusxasiga köra, xabar “Mixail Andropov, Vilayat Mizoginistan rahbari” nomi bilan imzolangan. Xuddi şu şaxs özini joriy yilning 6 noyabr kuni Irlandiya va Bolgariyadagi tahririyatlarga yuborilgan bomba tahdidlari uçun ham mas’ul deb e’lon qilgan.

Hozirda Italiya politsiyasi uşbu holat yuzasidan tekşiruv olib bormoqda.

Ma’lumot uçun, sönggi kunlarda Yevropada gibrid tahdidlar bilan boğliq xavotirlar kuçaygan. Bundan avval Fransiyada supermarketlar va qon banklariga kiberhujumlar, şuningdek, Yevropa havo qatnovi hamda telekanallar faoliyatiga ta’sir körsatgan bomba tahdidlari qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropaning bir neçta mamlakatida yettita yölovçi samolyotiga bomba qöyilgani haqida xabar berilgandi. Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar boşqa aeroportlarga yönaltirildi, qolganlari esa qönganidan keyin tekşirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing