Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
03 iyul 3491 1 daqiqa
Turkiyaning deportatsiya markazlarida bo‘lgan 50 nafar o‘zbekistonlik ayollar mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Migratsiya agentligi hamda Turkiyaning Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini legallashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.
Ushbu muzokaralar natijasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullangan.
Shu bilan birga, qariyalar va bolalarni parvarishlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotganlarga huquqiy maqom berishga kelishilgan.
Qolaversa, Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayollarga vatanga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilingan. Muzokaralar so‘ngida esa O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi yangi bitim ishlab chiqishga kelishilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan fuqaro Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olingandi hamda O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr