Turkiya delegatsiyasi Erdo‘g‘an va Bayden boshlagan ishni tugatish uchun AQSHga ketdi

Olam

image

Turkiya Mudofaa vazirligi texnik delegatsiyasi Amerika tomonining taklifiga binoan F-16 qiruvchilarini modernizatsiya qilish va sotib olish masalasini muhokama qilish uchun AQSHga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Haberturk” ma’lum qildi.

“Turkiya Milliy mudofaa vazirligining texnik delegatsiyasi AQSH taklifiga binoan F-16 samolyotlarini modernizatsiya qilish va sotib olish jarayonini tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq tomonlar ushbu mavzu bo‘yicha bir qator maslahatlashuvlar o‘tkazgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Madridda o‘tgan NATO sammitidan so‘ng Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi va suhbat davomida AQSH Turkiyaga F-16 qiruvchilarini yetkazib berishi hamda modernizatsiyasini yo‘lga qo‘yishini, bu haqidagi hujjatni Kongress tezroq ma’qullashiga ta’sir ko‘rsatishini va’da qildi.  

30 iyun kuni NATO sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jo Bayden Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish bo‘yicha Kongress roziligini olishga umid qilayotganini aytdi.

Avvalroq Turkiya AQSHdan 40 ta F-16 Block 70 rusumli qiruvchi samolyot va 80 ta Block 70 rusumli havo kemalarini yangilash to‘plamlarini so‘ragan edi. Anqarada F-16 ni sotib olish istagi Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olish munosabati bilan beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Amerika dasturidan chiqarilganidan keyin e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing