Turkiya bilan mojaroga borgan Gretsiya qurollanishga tushdi

Olam

image
Erdo‘g‘an Makronga: “Seni hali men bilan ko‘p muammolar kutib turibdi” north_east

Erdo‘g‘an Makronga: “Seni hali men bilan ko‘p muammolar kutib turibdi”

Gretsiya Turkiya bilan munosabatlari yomonlashgan bir vaziyatda armiyasining qurollanish darajasini yaxshilash niyatida. Mamlakat Fransiyadan 18 ta ko‘pnishonli Dassault Rafale qiruvchi samolyotini sotib olmoqchi. Bu haqda Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis ma’lum qildi.

Afina vertolyotlar va to‘rtta yangi fregat ham sotib olmoqchi. Germaniyada ishlab chiqarilgan yana to‘rtta fregat esa modernizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, keyingi besh yilda armiyaga chaqiriladiganlar soni 15 mingga oshiriladi.

Fransiya Mudofaa vaziri Florans Parli rasmiy Afinaning rejalarini ma’qullagan. Yevropa davlati ilk bor Dassault Rafale samolyotini sotib olyapti.

Gretsiya Turkiya bilan mojaroga BMTning Xalqaro sudini jalb qilishi ham mumkin.

Mitsotakis Turkiyaning harakatlari Yevropaning sharqiy chegaralariga xavf solayotganini va mintaqadagi tinchlikni buzayotganini ta’kidlamoqda. Rasmiy Afina Anqara bilan muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish niyatida. Biroq buning imkoni bo‘lmasa, Gretsiya BMT Xalqaro sudiga murojaat qiladi.

O‘z navbatida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an grek Hukumatini “xato harakatlar”dan uzoqroq bo‘lishga chaqirdi.

Ikka davlat o‘rtasidagi munosabatlar O‘rta yer dengizidagi bahsli hududlar va undagi tabiiy boyliklar sabab keskinlashib ketdi va bir necha haftadirki bosilmayapti.

Ikkala davlat ham neft va gaz bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarga egalik qilishga da’vo qilmoqda. Yevropa Ittifoqi Turkiyani bahsli hududlarda geologik-qidiruv ishlarini to‘xtatishga chaqirmoqda va sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda. Biroq Anqara yon bosishdan bosh tortmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya-Gretsiya

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing