Gretsiya BMT minbaridan Turkiyani Xalqaro sudga berishini aytdi

Olam

image

Gretsiya Turkiya bilan o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro o‘zaro muloqot orqali hal bo‘lmasa, BMTning Xalqaro sudiga shikoyat qilmoqchi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasining umumsiyosiy muloqoti vaqtida aytib o‘tdi.

“Turkiyaning harakati xalqaro huquqlarni buzyapti va mintaqaning xavfsizligi va barqarorligiga tahdid qilyapti. Keling hamma uchun manffatli qarorni izlaymiz. Kelinglar diplomatiyaga imkoniyat beramiz. Ammo yakunda biz bi qarorga kelolmasak, Gaaga xalqaro sudining donoligiga ishonishimiz kerak bo‘ladi”, degan Mitsotakis.

Shu bilan birga Bosh vazir doimiy ravishda mojaroning kengayib borishi mumkin emasligini qo‘shimcha qilgan.

“Men qo‘shnilar o‘rtasida hamkorlik mumkin emasligiga ishonmayman”, degan greklar yetakchisi Isroil va BAA munosabatlari yaxshilanganini misol keltirib.

Joriy yilning yozida Gretsiya Italiya va Misr bilan dengiz hududlarining chegaralanishi bo‘yicha kelishuv imzoladi. Rasmiy Anqara bu kelishuvni tan olmasgini e’lon qildi va Oruc Reis kemasini harbiy kemalar bilan birga bahsli hududda seysmik razvedka olib borish uchun yubordi. Gretsiya bunga javoban qurolli kuchlarini harbiy shay holatga keltirdi. 13 sentyabr kuni Oruc Reis Antalya portiga qaytdi. Biroq Turkiya o‘rta yer dengizida seysmik razvedka ishlari davom ettirilishini ma’lum qildi.

Bu orada Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Gretsiya bilan yuzaga kelgan mojaroni Germaniya kansleri Angela Merkel va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel bilan muhokama qildi. Muloqot vaqtida tomonlar Sharqiy O‘rta yer dengizi sammitini o‘tkazishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya-Gretsiya

Baholaganlar

199

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing