Gretsiya NATO va YeIni Turkiya bilan jiddiy mojaro xavfidan ogohlantirdi
Olam
−
09 Sentabr 2022
8434Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga yo‘llagan maktublarida Turkiya bilan jiddiy mojaro xavfi borligini ma’lum qildi.
Dendias 5 sentyabr kuni yo‘llagan maktublarida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan aytilgan “so‘nggi shiddatli bayonotlar”ga e’tibor qaratgan. Tashqi ishlar vaziri Gretsiyaning Egey dengizidagi orollarni egallab olgani va Turkiya rahbari Gretsiya katta to‘lov to‘lashi bilan tahdid qilgan bayonotlarini keltirgan.
“Turkiya Prezidentining bu ommaviy bayonotlari o‘z-o‘zidan dalolat beradi; ularni qabul qilib bo‘lmaydi hamda Gretsiyani va yunon xalqini haqorat qiladi. Ularning tahdid qiluvchi tabiati va ohangi ochiqdan-ochiq ko‘rinib turibdi, bu ularning maqsadiga oid har qanday shubhalarni, jumladan, mamlakatda bo‘lib o‘tadigan saylovlar munosabati bilan ular faqat ichki maqsadlarga yo‘nalgani haqidagi da’volarni yo‘qqa chiqaradi”, deb yozadi Dendias.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa yuqori martabali amaldorlar ham Turkiya Prezidentining “favqulodda tajovuzkor ohangi” ortidan ergashmoqda.
“Bu ritorika Egey va O‘rta yer dengizining janubi-sharqiy qismida mening mamlakatim suverenitetini buzish holatlarining keskin o‘sishi bilan uyg‘unlashadi”, deydi Dendias.
Avvalroq, Erdo‘g‘an Gretsiyani tarixdan saboq olishgan chaqirgandi. U 1922 yilda Gretsiyaning so‘nggi tayanchi – Egey dengizi sohilidagi Izmir shahrining qo‘lga kiritilishi va Gretsiya qo‘shinlarining Turkiya hududidan chiqarib yuborilishi bilan yunon-turk urushi yakunlanganini eslatib o‘tgan.
NATO blokidagi ikki qo‘shni va ittifoqchi Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi munosabatlar 23 avgustdan so‘ng keskinlashdi. Anqaraga ko‘ra, Turkiyaning F-16 samolyotlari Egey dengizi ustidagi havo hududida NATO topshiriqlarini bajarayotgan bir paytda qiruvchi samolyotlar Krit orolida joylashtirilgan S-300 havo hujumidan mudofaa tizimining radariga tushib qolgan. Turkiya rasmiylari Gretsiyaning harakatlarini provokatsion va dushmanona deb beholagan va ularni javobsiz qoldirmaslikka va’da bergan.
Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri Gretsiya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Egey dengizi osmonida turk qiruvchilarini 158 marta ta’qib qilgan va Turkiya havo hududini 256 marta buzgan.
Turkiya allaqachon Gretsiyaning o‘z harbiy samolyotlarini ta’qib etishi va umuman Anqaraga nisbatan keskinlik siyosati masalasini NATO darajasida ko‘tarish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15