Merkel Turkiya va Gretsiya mojarosiga aralashdi

Olam

image

Bugun, 22 sentyabr kuni Germaniya kansleri Angela Merkel, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel muzokara o‘tkazdi. Uch tomonlama uchrashuv videoanjuman shaklida o‘tkazildi.

Tomonlar Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyat va Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qildilar.

Erdo‘g‘an rasmiy Berlinning mintaqadagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilayotganini yuqori baholadi. Muzokaralar vaqtida Anqara va Afinaning mazkur masala yuzasidan dastlabki muzokaralarga tayyorligi bildirildi.

Uchrashuv vaqtida O‘rta yer dengizining sharqiy qismi bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkazishga kelishildi. Erdo‘g‘an ham bu taklifni ma’qulladi. U anjuman barcha uchun konstruktiv qaror qabul qilish bilan yakunlanishiga umid qilmoqda.

Turk-grek muammosidan keyin Erdo‘g‘an Turkiyaning Yevropa ittifoqi bilan munosabatlariga to‘xtalib o‘tdi. Turkiya yetakchisi 24 sentyabr kuni Bryusselda boshlanadigan YeI davlat rahbarlari sammiti Anqara va Ittifoq munosabatlariga ijobiy ta’sir qilishiga ishonch bildirdi.

“Agar YeI tomonidan Bojxona ittifoqini yangilash, viza rejimini soddalashtirish, shuningdek, Turkiya bilan migratsiya shartnomasi bo‘yicha samimiy va aniq qadamlar qo‘yilsa, Yevropa Ittifoqi va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar yana ijobiy darajaga ko‘tarilishi shubhasiz”, dedi Erdo‘g‘an.

Ma’lumot uchun, Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi munosabatlar O‘rta yer dengizidagi bahsli hududlar va undagi tabiiy boyliklar sabab keskinlashib ketdi va bir necha haftadirki bosilmayapti.

Ikkala davlat ham neft va gaz bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarga egalik qilishga da’vo qilmoqda. Yevropa Ittifoqi Turkiyani bahsli hududlarda geologik-qidiruv ishlarini to‘xtatishga chaqirmoqda va sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda. Biroq Anqara yon bosishdan bosh tortmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Angela Merkel' Turkiya-Gretsiya

Baholaganlar

144

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing