Turkiya AQSHdan qiruvchi samolyotlar sotib olishga intilmoqda 

Olam

image

Turkiya Anqaraga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish bo‘yicha AQSH rasmiylaridan oqilona va ijobiy qaror kutmoqda, chunki bu NATOni mustahkamlaydi. Bu haqda bugun, 11 mart kuni Turkiya Mudofaa vaziri Hulusiy Akar ma’lum qildi.

“Biz 71 yildan beri NATO a’zosimiz, o‘z majburiyatlarimizni bajaramiz va ittifoqchilarimiz ham majburiyatlarini bajarishini kutamiz. Oq uy va Pentagonning barcha bayonotlariga qaraganda, Turkiyaga F-16 samolyotlarini sotish va mavjud samolyotlarni modernizatsiya qilish masalasi ijobiy natijaga qarab bormoqda. Ammo AQSH Kongressining ayrim a’zolari tomonidan salbiy bayonotlar ham yangramoqda”, deydi vazir.

Akarning ta’kidlashicha, u AQSH markaziy organlari, shu jumladan, Kongressdan oqilona yondashuvni kutmoqda. Vazir mazkur kelishuvning amalga oshirilishi NATOning mustahkamlanishini anglatishini bildirgan. 

“Agar Turkiya kuchliroq bo‘lsa, ittifoq kuchayadi. Shuning uchun Kongressdan bu haqiqatni tushunishni kutamiz”, Turkiya Mudofaa vaziri.

Shuningdek, u Turkiyaning F-35 qiruvchi samolyotlari ishlab chiqarish dasturidan chiqarilishi haqida ham gapirgan. Hulusiy Akar bu qaror axloqsiz va noqonuniy bo‘lib, respublika oldidagi ilgari e’lon qilingan majburiyatlarga zid ekanini aytgan.

“Dasturdan chiqishimizda siyosiy, huquqiy, moliyaviy jihatlar bor. Biz bu boradagi aloqalarni davom ettirmoqdamiz. Yanvar oyida Vashingtonda maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Ikkala tomon ham bu mavzuni muhokama qilishni davom ettirishga kelishib olgan", deydi vazir.

Ta’kidlash joizki, Turkiya havo kuchlarida xizmat qilayotgan samolyotlarni modernizatsiya qilish uchun Block 70 modifikatsiyasida 40 ta F-16 qiruvchi samolyoti va 80 ta Block 70 to‘plamlarini olishga intilmoqda. Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslarini sotib olishi munosabati bilan beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Amerika dasturidan chiqarilgan. Shundan so‘ng, Anqara F-16’ni sotib olish niyatida ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing