Turkiya ham koronavirus vaksinasi tayyorlash poygasiga qo‘shildi

Salomatlik

image

Turkiyalik tibbiyot mutaxassislari ishlab chiqqan koronavirus vaksinasi odamlarda klinik sinovdan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Turkiya AQSH va Xitoy bilan bir qatorda koronavirusga qarshi vaksina tayyorlayotgan davlatlar uchligiga kirdi. Bizning ikki vaksinamiz hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi. Ulardan birini insonlarda sinashga ruxsat berildi”, deya Prezidentning so‘zlarini keltirdi “Anadolu”.

Ma’lumot uchun, 29 iyul kuni Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja mamlakat koronavirus vaksinasini yaratish masalasida Rossiya va Xitoy bilan aloqada ekanini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, horizda vaksina borasida Rossiya yetakchilik qilyapti. 12 avgust kuni RFda dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va Hindiston ham koronavirus vaksinasining sinovini boshlab yuborgan. Xususan, Xitoy va AQSH eng yirik sinovni o‘tkazyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing