Turizm shirkatlari bir qator import bojlaridan ozod qilinyapti – Prezident qarori
Jamiyat
−
20 noyabr 1425 2 daqiqa
O‘zbekistonda 2027 yil 1 yanvarga qadar turizm kompaniyalarida bojxona bojlarini to‘lashda bir qator yengilliklar berilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 20 noyabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z borgan.
Qarorga muvofiq 2027 yilning 1 yanvariga qadar:
• Turizm sohasi sub’ektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi;
• turizm sohasi sub’ektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarning sonidan qat’i nazar, ularga bitta sertifikat berishga ruxsat etiladi;
• 2030 yil 1 yanvarga qadar “Brand Finance” kompaniyasining top-50 talik reytingiga kiruvchi brendni jalb qilgan holda, brend bilan dastlabki kelishuvlarga ega mehmonxona qurilishini boshlagan tadbirkorlik sub’ektlari mehmonxonani qurish va jihozlashda mazkur brendning talabiga muvofiq olib keladigan asbob-uskunalar, texnika, transport vositalari, mebel va inventarlar uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Live
Barchasi