Turizm qo‘mitasi mansabdori tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganiga munosabat bildirildi

Jamiyat

image

Avvalroq Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi rahbari Dilfuza Samandarovaning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holatga Turizm qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan kelib tushgan taqdimnomaga binoan, qo‘mita huzuridagi “Milliy PR-markazi” direktori Dilfuza Samandarovaning “Avtoimkon trade” MCHJ ta’sischiligidagi faoliyatini tugatish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmaslik va kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida rasman ogohlantirish berish va tushuntirish ishlarini olib borish so‘ralgan.

Qayd etilishicha, yuqorida keltirilgan taqdimnomaga binoan Turizm qo‘mitasining ishchi guruhi tuzilib, xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

“Qo‘mita ushbu holatni alohida nazoratga olganini hamda tekshiruv natijasi yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga belgilangan muddatlarda axborot taqdim etilishini ma’lum qiladi”, deyiladi munosabatda.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Dilfuza Samandarova joriy yilning avgust oyi o‘rtalarigacha Prezident Administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimida ishlagan Sunnatilla Husanovich Bekenov bilan qarindoshligi bor. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning 2016 yilda tashkil etilgan “Koba san’at majmuasi” MCHJga 100 foizlik ulush bilan ta’sischi bo‘lib kelayotgani aniqlangan edi. Ushbu holat qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda bartaraf etilib, MCHJ ta’sischisi o‘zgartirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turizm qo'mitasi Dilfuza Samandarova Milliy PR-markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing