Umid Shodiyev ishdan olindi
Jamiyat
−
24 dekabr 18865 1 daqiqa
Umid Rustamovich Shodiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.
Abdulaziz O‘rolboyevich Oqqulov O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Abdulaziz Oqqulov 2017-2018 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, 2018 yilda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2018-2020 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2020-2021 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2021 yil 9 aprelidan buyon Turizm va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida, so‘ngra BAAda elchi sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Umid Shodiyev 2023 yilning iyulidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Live
Barchasi