BAA Prezidenti O‘zbekiston elchisini orden bilan taqdirladi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon O‘zbekiston Respublikasining mamlakatdagi elchisi Abdulaziz Oqqulovni mamlakatdagi elchilik faoliyati yakunlanishi munosabati bilan Birinchi darajali “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlagan. Bu haqda “Gulf Today” xabar berdi.

Mukofotni mamlakat Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Davlat vaziri Said bin Muborak Al-Hajriy topshirgan. Muloqot chog‘ida vazir BAA O‘zbekiston bilan barcha sohalarda munosabatlarni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan.

Shuningdek, Al-Hajriy elchiga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilab, uning vakolati doirasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi o‘rnini yuqori baholagan.

O‘z navbatida, Oqqulov Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga chuqur minnatdorlik bildirib, BAA rahbariyati mamlakatning jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlashga qat’iy intilayotganini aks ettiruvchi taraqqiyot va yutuqlarni e’tirof etgan. Uchrashuv yakunida diplomat o‘zaro aloqalarni mustahkamlash missiyasi muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan hamkorlik uchun hukumat tarkibidagi barcha idoralarga minnatdorlik izhor etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 24 dekabrdagi Prezident qaroriga ko‘ra, Abdulaziz O‘rolboyevich Oqqulov O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston BAA Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Abdulaziz Oqqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing