To‘raqo‘rg‘on IES favqulodda to‘xtatildi. “Svet” o‘chmasligi uchun nima qilindi?

Jamiyat

image

Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatilgani sabab yo‘qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroyelektr stansiyasidagi zaxira energobloklar ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on IESni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlari bugun, 17 avgust kuni soat 18:00 ga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda. 

Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda ishga tushirilib, elektr energiyasini uzata boshlaydi.

“Hozirgi paytda yo‘qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroyelektr stansiyasidagi zaxira energobloklar ishga tushirildi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan To'raqo'rg'on issiqlik elektr stantsiyasi

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing