Tunda O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
24 noyabr 2023 39851 1 daqiqa
Kecha, 23 noyabr kuni tunda O‘zbekiston hududida kun hisobidan beshinchi zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:38 da (Grinvich bo‘yicha 17:38 da) Samarqand viloyati Narpay tumanida 2,9 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 39,93 gradus shimoliy kenglik; 65,92 gradus sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi.
Yer silkinishining chuqurligi 15 km, magnitudasi 2,9 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 315 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni O‘zbekiston hududida 4 marta yer silkinishi kuzatildi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida soat 04:28 da 3,2 balli, 14:08 da 3,5 balli, 14:36 da esa 3,9 balli, 16:28 da 3,3 balli zilzila qayd etildi.
Live
Barchasi