Bugun O‘zbekistonda zilzila bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 23 noyabr kuni O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 23 noyabr kuni tongda mahalliy vaqt bilan soat 04:28 da (Grinvich bo‘yicha 22 noyabr 23:28 da) Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,4 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 37,47 gradus shimoliy kenglik; 67,78 gradus sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi. 

Yer silkinishining chuqurligi 15 km, magnitudasi 3,2 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 440 km janubi-g‘arbda joylashgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 22:43da Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 3,2 magnitudali zilzila yuz bergandi.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing