Tunda Toshkentda 228 odam koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2020
7291Bugun, 20 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243 nafarga oshib, 51235 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 228 nafari Toshkent shahrida;
• 15 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak) hamda Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 47271 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3535 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi