To‘qayev va Putin xalqaro maydonda yelkama-yelka turishga kelishib oldi

Olam

image

Kecha, 19 avgust kuni Rossiya va Qozog‘iston Prezidentlari Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar do‘stona ruhda o‘tdi, Qozog‘iston rahbari ularning natijalaridan mamnunligini bildirdi. Bu haqda respublika rahbarining Matbuot kotibi Ruslan Jeldibay ma’lum qildi.

"Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Sochida bo‘lib o‘tgan uzoq davom etgan yakkama-yakka muzokaralar yakunlangach, Prezident Qosim-Jomart To‘qayev ularning natijalaridan mamnunligini bildirdi. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar g‘oyat do‘stona muhitda o‘tgan. Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlik, ikki mamlakatning xalqaro maydondagi o‘zaro hamkorligiga oid barcha masalalar muhokama qilindi”, deb yozdi Jeldibay o‘zining Facebook sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat hukumatlari tomonidan davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish  muhimligi bo‘yicha o‘zaro hamjihatlik bildirilgan.

"Prezidentlar muntazam amaliy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar. Qosim-Jomart To‘qayev Vladimir Putinga samimiyligi va mehmondo‘stligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi", deydi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 avgust kuni Qosim-Jomart To‘qayevning Sochiga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi. U yerda To‘qayev Rossiya Prezidenti bilan uchrashib, 2,5 soat suhbatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing