To‘qayev o‘zbekistonlik muhojirlar huquqi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Olam

image
Rossiyada migrantlarni fuqarolarga tenglashtirish taklif qilindi north_east

Rossiyada migrantlarni fuqarolarga tenglashtirish taklif qilindi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston bilan mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi.

Bitim ikki mamlakatning mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish masalalarini tartibga soladi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur hujjatda ikki davlat hududlarida migratsiya oqimini tartibga solish va noqonuniy mehnatning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Kelishuvga binoan, Qozog‘istonda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik hamda O‘zbekistonda ishlayotgan qozog‘istonlik mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish ta’minlanadi.

Xususan, migrantlar mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan tan jarohati olganda, kasb kasalligini orttirganda yoki faoliyati natijasida sog‘liqqa qandaydir zarar yetkazilganda, bepul tibbiy yordam kafolatlanadi.

Shuningdek, xodimga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya beriladi.

Shu bilan birga, bitimda pedagogik, tibbiy yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mehnat muhojirlarining tegishli ma’lumotga ega ekanini tasdiqlovchi hujjatlarini tan olish, pensiya va ijtimoiy ta’minot olish kabi masalalar ham ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing