To‘qayev Umra ziyoratini ado etdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Makkada kichik Haj ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev 24 iyul kuni Islom dinining bosh ziyoratgohi – Makka shahrida Umra (Kichik Haj) ziyoratini ado etdi. Prezident alohida sharafga sazovor bo‘ldi – u hurmatli mehmonlar uchun eshiklari ochiladigan Ka’baga kirdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu “Saudiya Arabistoni rahbariyatining Qozog‘iston rahbariga nisbatan chuqur hurmatli munosabatidan dalolatdir”.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Umra Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

278

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing