To‘qayev Tramp va Putinning suhbatiga munosabat bildirdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha telefon muzokaralari natijalarini olqishladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining matbuot kotibi Ruslan Jeldibay ma’lum qildi.

“Davlat rahbari ikki davlat yetakchilari uzoq muddatli tinchlikka erishish yo‘lida aniq kelishuvlarga intilishlarini namoyon etganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu yondashuv Yevrosiyo xavfsizligini ta’minlash uchun nihoyatda muhimdir”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, bungacha Qozog‘iston Prezidenti barcha ishtirokchi davlatlarni Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayonini boshlashga chaqirgan hamda BRICS sammitida Xitoy va Braziliyaning tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgandi. Muloqotda Donald Tramp tomonlar o‘rtasida 30 kun davomida energetika infratuzilmasiga zarba berishdan voz kechish taklifini ilgari surgan. Vladimir Putin bu tashabbusga ijobiy munosabat bildirgan va Rossiya harbiylariga tegishli ko‘rsatmalar bergan. Shuningdek, ular Yaqin Sharq mintaqasini kelajakdagi mojarolarning oldini olish uchun hamkorlik maydoni sifatida muhokama qilgan hamda strategik qurollarning tarqalishini to‘xtatish zarurligini ta’kidlab, ushbu masalada keng qamrovli choralar ko‘rish uchun boshqa tomonlar bilan hamkorlik qilishga kelishib olgan.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Qozog'iston Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing