To‘qayev Rossiyaning O‘zbekistonga gaz berayotganini og‘zidan bol tomib maqtadi

Olam

image

Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranzitini yo‘lga qo‘yish Markaziy Osiyoning energetik xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 9 noyabr kuni Kostanay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Qozog‘iston va Rossiya mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida aytib o‘tdi. 

“Yaqinda Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti yo‘lga qo‘yilgani muhim voqea bo‘ldi. Bu loyiha Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va energiya xavfsizligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi”, deydi To‘qayev. 

Uning qayd etishicha, Qozog‘iston va Rossiya strategik sheriklar va ittifoqchilardir. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 7  oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishga start bergan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib oladigan bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz,  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Qozog‘istonga mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlarini gazlashtirishda yordam berishga tayyorligini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

gaz Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made