To‘qayev Rahmonning o‘g‘liga orden berdi

Olam

image
Markaziy Osiyo Prezidentlarining bolalari nima ish qiladi? north_east

Markaziy Osiyo Prezidentlarining bolalari nima ish qiladi?

Ostonada Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Tojikiston rahbari Imomali Rahmonning o‘g‘lini 2-darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Aqorda xabar berdi.

Gap Tojikiston parlamenti Majlisi Milliy (Tojikiston parlamenti yuqori palatasi) raisi lavozimini egallab turgan Rustam Imomali haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, To‘qayev tojikistonlik mehmonga ordenni “ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirishga qo‘shgan katta hissasi uchun” topshirgan.

To‘qayev va Rahmonning o‘g‘li o‘rtasidagi uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish kontekstida Qozog‘iston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Davlat rahbari ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini yuqori baholagan va Rustami Imomali tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhimligini ta’kidladi.

Tojikiston parlamenti yuqori palatasi spikeri To‘qayevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Imomali Rahmonning salomini yetkazdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik, suv xo‘jaligi va parlamentlararo diplomatiyaning dolzarb masalalari ham muhokama qilingan.

Ma’lumot uchun, 38 yoshni to‘ldirayotgan Rustam Imomali Tojikiston rahbari sifatida otasi tomonidan tayyorlanayotganiga ishoniladi. U Tojikistondagi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va davlatning moliyaviy nazorat agentligini boshqaradi. Rustam Imomali general-mayor unvoniga ega. U 2017 yilda 29 yoshida otasi tomonidan Dushanbe shahri hokimi etib tayinlangan edi, bu ba’zi tahlilchilar tomonidan hukumat tepasiga keyingi qadam sifatida qaralmoqda.

Rustam Imomali olgan mukofot joriy yilning 18 avgust kuni To‘qayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaga ham berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning 22 avgust kuni Bishkekdagi “Intimak Ordo” binosida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti – “Oltin Qiron”ni topshirgandi. 25 avgust kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Millat” saroyida mamlakat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bir qator amaldorlarga oliy davlat va faxriy mukofotlarni topshirdi. Bu borada u katta qizini ham quruq qoldirmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Imomali Imomali Rahmon Qosim-Jomart To'qaev Qozog'iston-Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing