Imomali Rahmon qizini mukofotladi

Olam

image
Markaziy Osiyo Prezidentlarining bolalari nima ish qiladi? north_east

Markaziy Osiyo Prezidentlarining bolalari nima ish qiladi?

Kecha, 25 avgust kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Millat” saroyida mamlakat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bir qator amaldorlarga oliy davlat va faxriy mukofotlarni topshirdi. Bu borada u qizini ham unutmadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan “Millat” saroyida Tojikiston Prezidenti fan, madaniyat, tibbiyot, ta’lim, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi yuksak yutuqlari uchun 200 ga yaqin insonni mukofotlagan.

Unvon olganlar orasida Prezidentning qizi, Tojikiston Prezidenti Ijroiya qo‘mitasi rahbari Ozoda Rahmon ham bor.

Ma’lumot uchun, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich qizi Ozoda Rahmon hozirda Tojikiston Prezidenti Ijroiya apparati rahbari lavozimini egallab turibdi. U siyosiy faoliyatini 2005 yilda, 27 yoshida boshlagan. Uning birinchi ish joyi Respublikaning AQSHdagi elchixonasi bo‘lib, u yerda 2007 yilda madaniyat va ta’lim bo‘yicha attashe bo‘lib ishlagan. 2007 yildan 2009 yilgacha u Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan va birozdan keyin u ko‘tarilib, Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

2014 yilda u tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2016 yildan esa Tojikiston Prezidentining farmoni bilan u Prezidentning ijro apparatini boshqarib kelmoqda. O‘sha yili Ozoda Rahmon Dushanbedan Tojikiston senatori etib saylandi va parlament yuqori palatasi huquq qo‘mitasiga rahbarlik qildi. 2017 yilda ham Prezident farmoni bilan Ozoda Rahmon davlat adliya maslahatchisi unvonini oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning kenja qizi Farzona Imomali mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining islohotlar, birinchi tibbiy yordam va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon Ozoda Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing