To‘qayev Ozarbayjonga bordi

Olam

image

Bugun, 11 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari hilpirab turgan Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Qosim-Jomart To‘qayevni aeroportda Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yagub Ayubov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tantanali rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab uchrashuv tor doirada bo‘lib o‘tdi.

Keyin Aliyev va To‘qayev ishtirokida Ozarbayjon va Qozog‘iston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishi boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ozarbayjon Ilhom Aliev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing