To‘qayev Qozog‘istonning harbiy salohiyatini oshirishni buyurdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Yig‘ilish ishtirokchilari Bosh vazir o‘rinbosari – Milliy iqtisodiyot vaziri Nurlan Baybazarov, Mudofaa vaziri Ruslan Yaxshiliqov, Sanoat va qurilish vaziri Kanat Sharlapayevning Qozog‘iston mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotini tinglagan.

“Xavfsizlik Kengashi davlatning harbiy salohiyatini oshirish va armiyani zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika, shu jumladan, ichki mudofaa korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qurollar bilan jihozlash bo‘yicha taklif etilgan yondashuvlar to‘g‘risida qarorlar qabul qildi”, deyiladi Oqo‘rda matbuot xizmati xabarida.

Prezident To‘qayev hukumat va manfaatdor davlat organlariga davlatning harbiy tashkil etilishini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi va xorijdagi vatandoshlarini dunyoda og‘irlashib borayotgan vaziyat, yangi sovuq urush, tez qurollanish, shuningdek, terrorizm va ekstremizm tufayli ogoh bo‘lishga va o‘z vatanini himoya qilishga tayyor bo‘lishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing