SSKA'ga transfer taqiqi qo‘yildi. Endi Fayzullayev boshqa klubga o‘ta olmaydimi?

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Moskvaning SSKA va “Ximki” klublariga 2026 yilning yoziga qadar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

SSKA uchun taqiq 14 noyabrdan, “Ximki” uchun 15 noyabrdan amal qiladi. Har ikki klub ham keyingi uchta transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, SSKA Niderlandiyaning “Xerenven” klubiga 2020 yil nigeriyalik Chidera Edjuke transferidan qolgan 3 mln yevro mablag‘ni sanksiyalar sabab o‘tkaza olmagan va FIFA "armiyachilar"ga sanksiya joriy etgan. 

Bu transfer taqiqi Moskva klubining o‘zbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullayevni ham Yevropaning boshqa klubiga ko‘chib o‘tishiga ta’sir qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayevga Ispaniya chempionati klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro futbol federatsiyasi Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing