SSKA 19 yoshli eronlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev to‘p tepadigan Moskvaning SSKA klubi 19 yoshli eronlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Armiyachilar” himoyachi Amirhusayn Rivandini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi. U shu yil oxiriga qadar ijara asosida SSKAda to‘p tepadi.

Qanot himoyasida va yarim himoyada o‘ynay oladigan futbolchi Eronning KIA akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rivandi SSKA safida 96-raqamda maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSKA jazoirlik 19 yoshli yarim himoyachi Sid Ahmad Aissaui bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.

Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda keyinchalik bitimni yana ikki yilga uzaytirishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev Amirhusayn Rivandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing