Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining mansabdori qo‘lga olindi
3-sahifa
−
19 dekabr 2023
17346O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yo‘laklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Transport yo‘laklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi M.M. xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaro A.T.ni aldab, uning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan AQSH elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali viza-stiker olishiga va AQSHga jo‘nab ketishiga amaliy yordam berishini va’da qilib, ta’magarlik yo‘li bilan 14.000 AQSH dollari pul mablag‘larini talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Samarqand shahri "Kamollidin Behzod" MFYda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. o‘zi talab qilgan pullardan bo‘nak sifatida 10.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi