Transport vaziri basketbol federatsiyasiga rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
15 iyun 2023
5148Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston basketbol federatsiyasiga rahbar etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Ruslanbek Davletov o‘z xohishi bilan ariza yozib, ishdan ozod etishlarini so‘ragan. Delegatlar tomonidan bu ariza qanoatlantirilgan.
O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Rustamovich Mahkamovning nomzodi taklif etilgan va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Ilhom Mahkamov 1979 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uzoq yillardan beri kommunal sohada, xususan, “O‘zkommunxizmat” agentligining bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri sifatida ishlagan. 2021 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri lavozimida faoliyat yurityapti.
LiveBarchasi