Transport sohasidagi 6 nafar rahbar ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, transport sohasidagi ishlar yetarli darajada tashkil qilinmaganligi va mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida:

Ilhom Rustamovich Mahkamov Transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;

Davron To‘lqunovich Dehqonov Transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;

Abdurahmon Abdullayevich Abduvaliyev Transport vazirining o‘rinbosari – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari - Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib;

Tolib Egamberdiyevich O‘ljayev Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlik direktori vazifasini bajaruvchi etib;

Doniyor Baxtiyorovich Ahmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib;

Faxriddin Muhiddinovich Solihov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston havo yo'llari Transport vazirligi

Baholaganlar

130

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing