“Transfermarkt” portali futbolchilarning yangilangan narxini e’lon qildi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilda Qatar mezbonlik qilgan Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.

“Transfermarkt” Jahon chempionati yakunlari bo‘yicha futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi. Mbappe eng qimmat futbolchiga aylandi. Uning narxi 20 million yevroga (160 million yevrodan 180 million yevroga) oshdi. Narxlari bo‘yicha u “Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xolandni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Argentina va “Benfika” yarim himoyachisi Enso Fernandesning narxi 20 million yevroga (35 million yevrodan 55 million yevroga) oshdi. “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares o‘zining transfer narxiga 18 million yevro qo‘shdi va endi uning narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Yoshko Gvardiol (75 million yevro, Xorvatiya, “Leypsig”), Kodi Gakpo (60 million yevro, Niderlandiya, PSV) va Sofyan Amrabat (25 million yevro, Marokash, “Fiorentina”) kabi futbolchilarning 15 million yevroga ko‘tarildi. Gvardiol dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi.

Angliyalik Jud Bellingem (110 mln yevro, “Borussiya Dortmund”) va Bukayo Saka (100 mln yevro, “Arsenal”) ning narxi 10 mln yevroga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Mbappe

Baholaganlar

338

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing