Trampning tinchlik rejasi respublikachilarni bo‘lib yubordi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasiga nisbatan Respublikachilar partiyasi ichida kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Respublikachi qonunchilar bu masalada ikkiga bo‘lingan. Bir nechta senatorlar, jumladan, respublikachilarning senatdagi sobiq yetakchisi Mitch Makkonnell va Trampning ashaddiy tarafdori Lindsi Grem ham uni ochiq tanqid qilgan. Respublikachi Tom Tillis Putinni qotil deb atagan va har qanday kelishuv ukrainaliklarning o‘zi xohlagan shaklda bo‘lishi kerakligini aytgan.

“Biz uni o‘zini g‘olibdek his qiladigan hech qanday ish qilmasligimiz kerak”, deydi siyosatchi Galifaksdagi xalqaro xavfsizlik forumida nutq so‘zlar ekan.

Shu bilan birga, senator Erik Shmitt hujjatni qo‘llab-quvvatlab, Donald Trampning yondashuvini realistik deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina delegatsiyasi Jenevadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha tayyorlangan tinchlik kelishuvi loyihasi Ukraina milliy manfaatlariga to‘liq mos kelishini bildirgani haqida xabar berilgan edi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Prezident Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va Prezidentning kuyovi Jared Kushner Ukraina delegatsiyasi bilan birgalikda tinchlik kelishuvi loyihasi matnini yakuniy ko‘rib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing