Trampning raqibi ilk bor undan o‘zib ketdi 

Olam

image

AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashda Donald Trampning yagona raqibi Nikki Xeyli Vashingtondagi praymerizda g‘alaba qozondi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Nikki Xeyli 62,8 foiz, Tramp esa 33,3 foiz ovoz olgan. Qolgan ovozlar armiya zaxirasidagi mayor Devid Shtukenberg va boshqa respublikachi nomzodlar o‘rtasida bo‘lingan, ular saylovda qatnashishdan voz kechgan, ammo saylov byulletenida qolgan.

"Men atayin Kolumbiya okrugida ovoz berishdan chetda qoldim, chunki unda delegatlar juda kam (19 delegatning ovozi Kolumbiya okrugidagi praymerizda taqsimlangan) va hech qanday istiqbol yo‘q”, deya izoh bergan Donald Tramp praymeriz natijalariga.

“Reuters” agentligining yozishicha, Kolumbiya okrugi saylovchilari shahar aholisi bo‘lib, ularning katta foizi oliy ma’lumotga ega odamlardir. Trampning saylovoldi kampaniyasi esa qishloq saylovchilariga qaratilgan. 

Ta’kidlash joizki, 2016 yilda Tramp ilk bor AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yganida ham Kolumbiya okrugidagi praymerizlarda mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp Michigan shtatidagi praymerizda g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp prezidentlik saylovi Nikki Xeyli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing