Trampning odami Ukrainaga bordi

Olam

image
Ukraina Rossiya bilan ziddiyatni boshlamasligi kerak edi – Tramp north_east

Ukraina Rossiya bilan ziddiyatni boshlamasligi kerak edi – Tramp

AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili  Kit Kellogg bugun, 19 fevral kuni Kiyevga bordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina poytaxtida uni AQSHning Ukrainadagi elchisi Bridjit Brink kutib olgan. Ma’lum qilinishicha, Kellogg tashrif chog‘ida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilish, so‘ngra muzokaralar mazmunini AQSH Prezidenti Donald Trampga yetkazish uchun kelgan.

“Biz tinglaymiz. Biz kerakli narsani berishga tayyormiz. Biz xavfsizlik kafolatlari zarurligini tushunamiz. Mening vazifamning bir qismi tinglashdir. Keyin men AQSHga qaytaman va hamma narsani to‘g‘ri tushunishimizga ishonch hosil qilish uchun Prezident Tramp bilan gaplashaman”, degan AQSH vakili.

Shuningdek, Kellogg agar o‘sha paytda Tramp prezident bo‘lganida urush boshlanmagan bo‘lardi, deb aytgan.

“U (Tramp) odamlar azob chekayotganini tushunadi, qanday halokat borligini tushunadi. Va biz buning tugashini istaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Manbalarga ko‘ra, Kiyevda Kit Kellogg Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy  va Mudofaa vaziri Rustam Umarov bilan uchrashishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) doirasida Kit Kellogg Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak bilan uchrashgandi. Suhbat chog‘ida Yermak Kellogga “Putin hech qachon qoida bo‘yicha o‘ynamas”ligini aytgan va uni “o‘zini aldab qo‘ymaslikka” chaqirgan. O‘sha kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens bilan muzokara o‘tkazdi. Muzokaralarda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg, Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya-Ukraina Ukraina Kit Kellogg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing