Trampning odami Putin bilan gaplashish uchun Rossiyaga bordi
Olam
−
11 aprel
3599AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bugun, 11 aprel kuni Rossiyaga yetib bordi. Buni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi.
“Ha, tasdiqlayman, u haqiqatan ham yetib keldi”, dedi Peskov.
Uning qayd etishicha, agar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerika yetakchisining maxsus vakili bilan uchrashsa, Kreml o‘z vaqtida ma’lumot beradi.
Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoffning samolyoti Sankt-Peterburgga qo‘ngan. Samolyot Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilib, Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga qo‘ngan.
TASS agentligining Pulkovo operativ xizmatlaridagi manbasi samolyot Amerika elchisi bilan kelganini tasdiqladi.
Amerikaning “Axios” portali ham manbalariga tayanib, Uitkoff Prezident Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga ketayotgani haqida xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti va Trampning maxsus vakili mart oyi o‘rtalarida Moskvada uchrashgandi.
LiveBarchasi