Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

Putin va Trampning maxsus vakillari Vashingtonda uchrashdi 

Olam

image

Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Vashingtonda AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotni “The Washington Post” gazetasiga uchrashuvdan xabardor manba ham tasdiqlagan.

Bugun, 3 aprel kuni ertalab Dmitriyevning o‘zi X ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muloqot muhimligi haqida bayonot e’lon qildi.

“Sizning siyosatingiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, AQSH va Rossiya o‘rtasidagi muloqot muhim. Gap hamma uchun xavfsizroq, farovonroq dunyoni qurish haqida ketmoqda”, dedi Dmitriyev.

CNN xabariga ko‘ra, AQSH Dmitriyevga mamlakatga kirish vizasi berish uchun 2022 yilda unga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha bekor qilgan. Davlat departamenti bu ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor qildi va “viza ma’lumotlari AQSH qonunlariga ko‘ra maxfiy” ekanini ta’kidladi.

“Dmitriyev Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri AQSHga xizmat safari bilan kelgan eng yuqori martabali rossiyalik amaldor bo‘ldi”, deb yozdi “Reuters”.

“The Washington Post” ma’lumotlariga ko‘ra, “Goldman Sachs'ning sobiq sarmoyaviy bankiri, Stenfordda ta’lim olgan Dmitriyev Tramp jamoasining ayrim asosiy a’zolari bilan yaqin aloqada”.

Gazeta manbasining ta’kidlashicha, muzokaralar masalasi juda nozik va ular “davom etmoqda”. CBS jurnalisti esa uchrashuv Oq uyda bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan.

Gazetaning qayd etishicha, Dmitriyevning Vashingtonga tashrifi AQSH Prezidenti Donald Trampning o‘tgan hafta oxirida (30 mart) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada saylovlar o‘tkazish uchun BMT shafeligida tashqi boshqaruv tizimini joriy etish taklifidan g‘azablangani haqidagi bayonotidan keyin sodir bo‘lgan.

“Dmitriyev ma’muriyatni ishontirish va nafaqat tinch yo‘l bilan hal qilish, balki yirik moliyaviy bitimlar qilish imkoniyatini takrorlash uchun bu yerda bo‘lishi mumkin”, deb yozadi “The Washington Post”.

Ma’lumot uchun, Dmitriyev 18 fevral kuni Ar-Riyodda Rossiya va AQSH delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etgan. O‘shanda CNN u Rossiya va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni tiklash uchun olib kelingani haqida xabar bergan edi. 23 fevral kuni Vladimir Putin Kirill Dmitriyevni Prezidentning xorijiy sarmoyalar va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlash haqidagi farmonni imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing