Putin Xitoyda Si Szinpin bilan uçraşdi

Olam

−

image

Bugun, 18 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti doirasida XXR Raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin örtasida muzokaralar bölib ötdi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Si Szinpin Rossiya-Xitoy munosabatlarini şamol va yomğir ostida ham mustahkam turadigan toğga qiyoslab, ortib borayotgan noaniqlik şaroitida global barqarorlikni mustahkamlaşga çaqirgan.

Putin, öz navbatida, murakkab xalqaro vaziyatga qaramay, Rossiya va Xitoy örtasidagi siyosiy hamkorlik konstruktiv tarzda rivojlanayotganini ta’kidlagan.

Muzokaralar boşida Rossiya Prezidenti Moskva va Pekin yanada adolatli köp qutbli dunyo tartibini şakllantiriş böyiça konstruktiv yondaşuvga amal qilayotganini bildirgan. Ikki mamlakatning umumiy maqsadi – Osiyo-Tinç okeani mintaqasining farovonligini ta’minlaş ekani qayd etilgan. Si esa öz tomonidan Rossiya va Xitoy, “dadil olğa borişi”, şuningdek, “köp qutbli dunyo şakllanişiga va xalqaro munosabatlarning demokratlaşuviga kömaklaşişi” zarurligini urğulagan.

Eslatib ötamiz, ertaga, 19 noyabr kuni Şençjenda Rossiya, Xitoy va AQŞ yetakçilarining tarixdagi ilk uç tomonlama uçraşuvi bölib ötadi. Muzokaralarning markaziy mavzulari xalqaro xavfsizlik va strategik barqarorlik böladi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing