Trampning NATO mudofaa xarajatlari haqidagi taklifi Vengriyani o‘ldiradi – Orban

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning NATO mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshirish taklifi Vengriya uchun halokatli bo‘ladi. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Budapeshtda yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlab berdi.

Kecha, 20 dekabr kuni Britaniyaning "Financial Times" gazetasi Tramp o‘z vakillari orqali ba’zi yevropalik ittifoqchilarni mudofaa xarajatlarini 5 foizgacha oshirishni talab qilish niyati haqida xabardor qilgani haqida xabar bergandi.

Jurnalistlar iltimosiga binoan ushbu ma’lumotni sharhlar ekan, Orban Vengriya uchun bunday rivojlanish "o‘pkaga o‘q uzish" bilan barobar bo‘lishini ogohlantirdi.

Bosh vazir 9 dekabr kuni Trampning Floridadagi Mar-a-Lago mulkida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu masala ko‘tarilmaganini ta’kidladi.

"Ammo, agar u kun tartibiga qo‘yilsa, men bunga o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lganlar lagerida bo‘laman", deb tan oldi Orban.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa xarajatlarining yalpi ichki mahsulotning 2 foizigacha o‘sishiga Vengriya "ter va qon bilan" erishgan.

Ma’lumot uchun, NATOga a’zo 32 davlatdan atigi 23 tasi yalpi ichki mahsulotining kamida 2 foizini harbiy ehtiyojlarga sarflaydi. Ushbu xarajatlarni 5% ga oshirish ularni ikki barobardan ko‘proqqa ko‘taradi. Qo‘shma Shtatlar bu mavzuni 2025 yil iyun oyida Gaagada bo‘lib o‘tadigan Shimoliy Atlantika alyansi sammitida muhokama qilmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Donal'd Tramp Viktor Orban Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing