Trampning impichmenti uchun ovoz berildi

Olam

image

AQSH Kongressining Vakillar palatasi mamlakat Prezidenti Donald Trampning prezident lavozimidan chetlatilishi uchun ovoz berdi.

Kongressmenlar Trampni ayblovning har ikki moddasi — hokimiyat mansabini suiiste’mol qilish (216 ta ovoz zarur bo‘lgan holatda 230 ta ovoz oldi) va Kongress faoliyatiga to‘sqinlik qilish (229 ta ovoz oldi) bo‘yicha aybdor deb topdi. Har ikki holatda ham Respublikachilar partiyasi vakillari to‘liq tarkibda qarshi ovoz berdi.

Trampga nisbatan hokimiyat mansabini suiiste’mol qilish bo‘yicha ayblov u Ukraina hukumatidan Jo Baydenning o‘g‘liga nisbatan tergov ochishga urinishlari ortidan e’lon qilingan — Jo Bayden 2020 yildagi prezidentlik saylovida Trampning asosiy raqibi hisoblanadi. Prezident impichment jarayoni doirasida olib borilgan surishtiruv ishlarida Oq uyning ishtirok etishini taqiqlab qo‘ygach, unga nisbatan Kongress ishiga xalal berish ayblovi ilgari surilgan edi.

Endi Trampning hokimiyatdan chetlatilishi uchun Senatning uchdan ikki qismi ushbu qarorni qo‘llab, ovoz berishi lozim. Tahlilchilarning fikricha, voqealarning bunday rivoji ehtimoli juda past, chunki Senatda ko‘pchilik o‘rin Respublikachilarga tegishli — Donald Tramp ham Respublikachilar partiyasi vakili.

Tramp impichmenti Kongressning Vakillar palatasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan AQSH tarixidagi uchinchi Prezidentga aylandi — bungacha bunday holat 1868 yilda Endryu Jonson va 1998 yilda Bill Klinton bilan yuz bergan. Ularning har ikkalasini Senat qutqarib qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

impichment AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing