Trampning iltimosiga qaramay, Rossiya Ukrainaga yana zarba berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan sovuq ob-havo sabab Ukrainaga hujum qilmaslik bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgandi. Biroq ushbu og‘zaki kelishuvga qaramay, bugun, 30 yanvar kuni Rossiya Ukraina hududiga hujum uyushtirdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 yanvar kuni tong paytida Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab 111 ta dron hamda bitta “Iskander-M” ballistik raketasi yordamida kun davomida zarbalar bergan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (SCHS) ma’lumotiga ko‘ra, Xarkov shahri chekkasida joylashgan fuqarolik ombori binosiga raketa zarbasi berilishi oqibatida kuchli yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in 5 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni qamrab olgan bo‘lib, uni o‘chirishga 80 dan ziyod qutqaruvchi jalb etilgan.

Mazkur hujum Rossiya va Ukraina infratuzilmasiga zarbalarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlar tarqalganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘lgan.

Moskva AQSH va Rossiya yetakchilari o‘rtasidagi muloqotni tasdiqladi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirishicha, Tramp shaxsan Vladimir Putindan 1 fevralga qadar Kiyevga hujum qilmaslikni so‘ragan. Putin amerikalik mavqedoshining iltimosiga rozilik bildirgan. Biroq Kreml vakili bu kelishuv faqat energetika infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatishga taalluqlimi yoki barcha hujumlarni qamrab oladimi, bu borada aniqlik kiritishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putindan kuchli sovuq tufayli keyingi yetti kun davomida Ukrainaga hujum qilmaslikni so‘ragandi. Putin bu iltimosga ijobiy javob qaytargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing