Trampni o‘qdan himoya qilgan xodim Maxfiy xizmat direktori etib tayinlandi
Olam
−
18 yanvar
4547AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp 2024 yil iyul oyida o‘ziga uyishtirilgan suiqasdda o‘qdan to‘sgan shaxsiy xavfsizlik xodimi Shon Karranni AQSH Maxfiy xizmati direktori lavozimiga tayinladi. Bu haqda "Fox News" xabar berdi.
“Shon – buyuk vatandosh. U bu ahmoqgarchiliklarni tugatadi. Hech kim bu lavozimga undan yaxshiroq mos kelmaydi”, deb yozgan kichik Tramp o‘zining X'dagi sahifasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Karran 20 yildan ortiq vaqt davomida Maxfiy xizmat xodimi bo‘lgan va Trampning saylovoldi kampaniyasi davomida uni himoya qilgan 85 nafar agentdan iborat guruhni boshqargan. U Trampning eng yaqin doirasiga kiradi va uning birinchi prezidentlik muddatidan boshlab yonida turgan. 2024 yil iyul oyida Pensilvaniyadagi suiqasd vaqtida Karran Trampni o‘qdan himoya qilgan. Ba’zi tahlilchilarga ko‘ra, bu uning lavozimga tayinlanishida hal qiluvchi omil bo‘lgan.
Respublikachilar Karranni qahramon deb atab, yangilikni hayrat bilan qabul qilgan bo‘lsa, demokratlar uni boshqaruv tajribasining yetishmasligi uchun tanqid qilmoqda. AQSH Maxfiy xizmati 3500 dan ortiq xodimdan iborat va demokratlar Karran bunday vazifani bajara olishiga shubha qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Jared Ayzekmanni Qo‘shma Shtatlar Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA)ga rahbarlik qilishga taklif qilgandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar