Tramp Zelenskiyga nafrati tufayli Ukrainaga qat’iy shartlar qo‘ydi – “Times”

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga nisbatan “nafrati” tufayli Ukraina bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvga qat’iy shartlar qo‘ydi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp Ukrainaning zaifligiga amin va Jo Baydenning avvalgi ma’muriyati Kiyev rasmiylarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘ sarflaganidan g‘azabda. Nashrning yozishicha, kelishuvni Vashington taklif qilgan variantda imzolash Kiyev uchun sharmandalik bo‘ladi.

Kecha, 27 mart kuni “The Daily Telegraph” nashri bitimning so‘nggi varianti AQSH qo‘shma investitsiya jamg‘armasi orqali Ukraina neft va gaz zaxiralarining yarmi, uning metallari va infratuzilmasining katta qismi, jumladan, temiryo‘llar, portlar, quvurlar va qayta ishlash zavodlarini nazorat qilishini nazarda tutishi haqida xabar berdi.

AQSH Ukrainaning barcha resurslari ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olmoqchi  north_east

AQSH Ukrainaning barcha resurslari ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olmoqchi 

Qayd etilishicha, jamg‘arma kuzatuv kengashining uch nafar a’zosi Qo‘shma Shtatlar tomonidan tayinlanadi. Bundan tashqari, Ukraina AQSH tomoniga harbiy yordam uchun kompensatsiya sifatida kamida 100 milliard dollar to‘lamaguncha, AQSH barcha royaltilar (tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun davriy kompensatsiya, odatda pul)ni oladi va unga 4 foiz ustama qo‘shiladi. Ukraina qarzni to‘lagandan keyingina 50 foiz royalti olishni boshlaydi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, yangi jamg‘arma AQSHning Delaver shtatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, biroq Nyu-York yurisdiksiyasida faoliyat yuritadi. Bitim shartlariga ko‘ra, AQSH Ukraina resurslarini uchinchi davlatlarga sotishni taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi va Ukrainaning har qanday idorasi hisoblarini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukraina bilan sulh bitimini imzolashni ataylab kechiktirayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy foydali qazilmalar bo'yicha kelishuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing