Tramp yana 3 davlat rahbarini inauguratsiyasiga taklif qildi – CNN
Olam
−
13 dekabr 2024
10192AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z inauguratsiyasiga chet el liderlarini, jumladan, Argentina Prezidenti Xaver Miley, Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni va Salvador Prezidenti Nayib Bukeleni taklif qildi. Bu haqda o‘z manbadariga tayanib, CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, takliflar asosan norasmiy kanallar orqali yuborilgan, ba’zilari esa boshqa masalalarni muhokama qilish paytida telefon orqali bildirilgan. Manbalarga ko‘ra, Tramp ushbu tadbirda jahondagi yetakchi shaxslarni ko‘rishni xohlayapti.
Ma’lumot uchun, an’anaga bo‘yicha AQSHda inauguratsiyada faqat diplomatik vakillar va elchilar ishtirok etadi. 1874 yildan beri hech bir xorijiy davlat rahbari ushbu tadbirda qatnashmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni 20 yanvar kuni Vashingtondagi inauguratsiya marosimiga taklif etgani xabar qilingandi. Biroq amerikalik diplomatlar va rasmiy manbalarga tayanib, CBS News telekanali Si Szinpin Donald Trampning inauguratsiya marosimida qatnashmasli haqida xabar berdi.
LiveBarchasi