Tramp va Bayden. Ikki tomon tarafdorlari to‘qnashdi (fotoreportaj)

Olam

image

Joriy yilning 14 noyabr kuni Vashingtonda minglab kishilar "Tramp uchun marsh" shiori ostida aksiyalarga chiqishdi

Manbaga ko‘ra, ular ham xuddi AQSHning amaldagi Prezident Donald Tramp kabi saylovlar natijalaridan norozi. Shuningdek, namoyishchilar keyingi Prezident demokratlar vakili Jo Bayden bo‘lishini istashmaydi.

Namoyishchilar shahar markazidan yurib o‘tib, AQSH Oliy sudi binosigacha borishgan va "ovozlarni o‘g‘irlash"ni hamda "saylovlardagi firibgarliklar"ni bas qilishni talab qilishgan.

Hozirda Amerika sudlari respublikachilar shtabining da’volarini qaytarmoqda, bu esa Jo Baydenga qarshi chiquvchilarning imkoniyatlarini deyarli yo‘qqa chiqarmoqda. 

Bu vaqtda saylangan prezident jamoasi hokimiyatni o‘tkazish jarayonini boshlashni talab qilib, hukumatni shakllantirishni davom ettirmoqda.

Ta’kidlanganidek, 14 noyabr kuni Trampning muxoliflari ham ko‘chalarga chiqishgan. Natijada tomonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqqan, ular bir-birlariga butilkalar uloqtirib, mushtlashishgan. Ikki tomondan ham jabrlanuvchilar bor, politsiya kamida 20 kishini hibsga olgan. 

Avvalroq, Tramp Baydenning muvaffaqiyati "sirlarini" aytib o‘tgandi. 

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN TRAMP NAMOYIShLAR

Baholaganlar

165

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing