Trampning advokati Julianida koronavirus aniqlandi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Julianining koronavirusga topshirgan testida musbat natija qayd etildi. Bu haqda Oq uy rahbari Twitter sahifasida ma’lum qilgan. 

Siyosatchi avval Nyu-York meri bo‘lib ishlagan Julianini “AQSH tarixidagi eng korrupsiyaviy saylovlarni fosh etish” ishlari bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlagan.

Prezident, shuningdek, koronavirus infeksiyasini “Xitoydan kelgan virus” deb nomlagan. 

Tramp Julianiga tezroq sog‘ayishini tilagan va respublikachilar prezident saylovidan keyingi sud jarayonlarini davom ettirishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyining boshida Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampda ham koronavirus aniqlangan edi

Noyabr oyi oxirlarida esa Donald Trampning katta o‘g‘li kichik Donald Tramp koronavirusga chalingani haqida ma’lumot berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 14,8 milliondan oshgan. 282 mingdan ko‘p kishi vafot etgan. Ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turadi.


Maqola muallifi

Teglar

TRAMP JULIANI

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing