Tramp AQSHda matbuot erkinligi yo‘qligini aytdi
Olam
−
30 noyabr 2020
3420AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp mamlakatda matbuot erkinligi yo‘qligini ma’lum qildi. U bu haqda "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida aytgan.
Trampning fikriga ko‘ra, AQSHdagi ommaviy axborot vositalari zulm uchun ishlatiladi.
Shuningdek, Tramp joriy yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi "katta firibgarliklar" haqida gapirgan.
"OAV bu haqda gapirishni istamaydi. Bizning mamlakatda matbuot erkinligi yo‘q. Bizda matbuot bilan zulm qilish bor. Bilasizmi, agar hech kim janjal haqida xabar bermasa, uning o‘zi ham mavjud bo‘lmaydi", degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp saylangan Prezident Jozef Baydenning inauguratsiya marosimi vaqtida 2024 yildagi prezidentlik saylovlarida qatnashishini e’lon qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. AQSH Prezidenti nomini e’lon qiladigan Saylovchilar kollegiyasi yig‘ilishi 14 dekabr kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi