“Time” AQSHning yangi rahbarlarini “Yil odami” deb e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti va vitse-prezidenti etib saylangan Jo Bayden va Kamola Xarris “Time” jurnali tomonidan "Yil odami" deb topildi.

Baydendan tashqari, nashrning ilgari e’lon qilingan qisqa ro‘yxatiga amaldagi Prezident Donald Tramp, AQSHning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi, tibbiyot xodimlari va Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floydni hibsga olish paytida vafot etishi ortidan AQSHda boshlangan irqiy adolat harakati ham kiritilgandi.

Yangi unvon egalari xonanda Bryus Sprinstin tomonidan “Time” jurnalining Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan maxsus videosi orqali tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Time” jurnali versiyasiga ko‘ra, 2019 yilda shveysiyalik ekofaol, 16 yashar Greta Tunberg “Yil odami” deya e’tirof etilgan edi

Avvalroq, “Time” jurnali o‘z tarixida ilk bor “Yil bolasi” nominatsiyasini e’lon qilgani haqida ma’lum qilgan edik.

Shuningdek, nashr 2020 yilni hozirgi avlod uchun dunyo tarixidagi eng yomon yil deb e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN XARRIS

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing