Bayden Pentagonga qora tanli rahbar tayinlamoqchi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden mamlakat Mudofaa vaziri (Pentagon rahbari) lavozimiga qora tanli rahbar tayinlash haqida o‘ylayapti. Bu haqda "Axios" portali vaziyatdan xabardor manbalarga asoslanib xabar bergan.

Nashrga ko‘ra, ushbu lavozimga yetakchi nomzod iste’fodagi to‘rt yulduzli general Lloyd Ostin hisoblanadi. Agar u tayinlansa, birinchi qora tanli Mudofaa vaziri bo‘ladi. 

Ta’kidlanishicha, Ostin 2016 yilgacha AQSH Markaziy qo‘mondonligini boshqargan.

Ma’lumot o‘rnida, Pentagon Jo Baydenga hokimiyatni topshirish paytida uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Mudofaa departamenti zudlik bilan Bayden boshchiligidagi AQSHning yangi ma’muriyatiga hokimiyatni o‘tkazish jarayoni doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshlashlarini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. AQSH Prezidenti nomini e’lon qiladigan Saylovchilar kollegiyasi yig‘ilishi 14 dekabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN OSTIN PENTAGON

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing